221344 “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!» shiori ostida tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” aksiyasi targ’ibotchilar guruhi Qoraqalpog’iston Respublikasidagi barcha tumanlarda “Fidoiy yoshlar otryadi”da paxta terayotgan uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvlarda “Fidoiy yoshlar otryadi”ning eng faol terimchilariga hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan televizor, chanyutkich, dazmol, telefon, elektron isitgich va boshqa sovg’alar topshirilgan.

Avvalroq, endilikda fermer xo’jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig’ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va «Fidoyi yoshlar otryadlari» jalb etilishi xabar berilgandi.



«Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakatining juma kuni bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi qurultoyida tuzilmani O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi etib qayta tashkil to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Qurultoyda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi, deb xabar berdi «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturi.

«Kamolot» harakati 16 yil muqaddam, 2001 yilda tashkil etilgan edi, dedi davlat rahbari. O‘tgan yillar davomida ko‘p ishlar qilindi, lekin ishlar hisobotini qilish va kamchiliklarga e’tibor qaratish vaqti yetib keldi, deya ta’kidladi u.

«Bugun harakat o‘ziga juda kam mas’uliyat olmoqda, — deya qayd etildi reportajda. — Prezident „Biz buni to‘g‘irlaymiz“, deya qattiq ta’kidladi. Asosiy maqsad — tanqid qilish emas, asosiysi muammolarni o‘z vaqtida payqash va hal etish».

Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi etib saylandi. U bunga qadar tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 30 iyunni O‘zbekiston yoshlari kuni deb e’lon qilish hamda hayotning turli sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shgan yoshlar uchun qator davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, o‘smirlar uchun «Temurbeklar maktabi» tashkil etish taklif qilindi.